DXX va IIVning “Qoradori” operatsiyasi ikkinchi bosqichi 28,8 kg giyohvand modda va 9421 ta kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining musodara qilinishi bilan yakunlandi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 18 ta o‘qotar va 126 ta sovuq qurol aniqlab, qidiruvda bo‘lgan 53 nafar shaxsni ushladi.
O‘zbekistonda gibrid avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, mototsikl va tirkamalar uchun raqam belgilarini berish uchun to‘lovlar kamaytiriladi. Moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi BHMning 1,5 baravarini, raqam berish ham 1,5 baravarni tashkil etadi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi shtatida birinchi kotib — IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda. Maqsad — O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini o‘z vaqtida himoya qilishga ko‘maklashish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik o‘rnatish.
Ichki ishlar vazirligi rahbari avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun avvalgi 10 foizlik BHM stavkasini qaytardi, bir oy oldin bu ko‘rsatkich 68 barobar oshirilgandi. Ammo oshirilgan ro‘yxatga olish to‘lovlari (oddiy avtomobillar uchun 6,84 BHM va elektromobillar uchun 1,5 BHM) o‘zgarishsiz qoldi.
Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.
Bir yarim oy davomida O‘zbekiston bo‘ylab qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari olib qo‘yildi, deb xabar qildi IIV.
Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib Toshkentda bir kishilik piket uyushtirgan publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbariga yangi video murojaat yo‘lladi. «15 yoshli bolaning urib, o‘ldirilganini eshitgach, iztirobga tushdingizmi? Agar tushmagan bo‘lsangiz, o‘rningizni boshqaga bo‘shatib qo‘ying», — dedi u.
IIV «xalqaro terrorchilik tashkilotlari ta’sirida» 2021 yili Suriyaga borib, u yerda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan ikki fuqaro qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarilganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ular «O‘zbekistonga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda» ayblanmoqda.
Tarmoqlarda er o‘z ayolini o‘ldirib, 2 kun davomida mashinada olib yurgani aytilgan video tarqaldi. IIV tasvirlar aslida, fuqaro ayolining murdasini uyiga dafn uchun olib ketayotganida suratga olinganini ma’lum qildi. Marhuma «chap tuxumdon kistasi yorilishi, ichki qon yo‘qotish»dan vafot etgani aytilmoqda.
Qashqadaryoda qotillik sodir etib, 2020 yilning sentabr oyidan qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent viloyatida qo‘lga olindi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi tugatilgan.
Qashqadaryoda sportchi Elbek Rahimov o‘limi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida sportchi qotillikda gumonlanuvchilardan biri bilan o‘zaro nizoda bo‘lgani aytildi. Gumonlanuvchilarning eng kattasi 29 yoshda, eng kichigi — 16−17 yoshli maktab o‘quvchilari. Mazkur ish bo‘yicha sud ishi barcha uchun ochiq tarzda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
2021 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistondagi har 100 ming aholi soniga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan. Ushbu davr mobaynidan aniqlangan jinoyatlar soni 2017 yilgi ko‘rsatkichlardan ikki baravarga ko‘p. Jinoyatlarning 34,8% avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo‘yilgan.
Samarqand viloyatida YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish chog‘ida vafot etgan tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarining ishi bo‘yicha surishtiruvlar davom etmoqda. Marhumning qarindoshlari uning ikki qo‘lida barmoq izlari, bo‘ynida va yuzida shilingan jarohatlar borligini aytishmoqda. Jasadni tekshirgan shifokor esa uning tanasida jarohatlar ko‘rmaganligini, faqatgina o‘ng ko‘z atrofida kichkina shilingan joyi bo‘lganligini ta’kidladi.
Toshkent viloyatida fuqaroni 4500 AQSH dollari evaziga ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. U kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ichki ishlar organi hodimining mast holatda jamoat tartibini buzayotganligi haqidagi videoga IIV munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu hodisadan so‘ng me’yoriy buyruq talablarini buzgan xodim o‘z vazifasidan chetlatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting